GamesPao Pao Tile Connect
Pao Pao Tile Connect - Screenshot 1
Pao Pao Tile Connect - Screenshot 2
Pao Pao Tile Connect - Screenshot 3
Pao Pao Tile Connect - Screenshot 4

Panoramica del gioco

Qiziqarli va yorqin Pao-Pao boshqotirma o'yini hech kimni befarq qoldirmaydi!

Sizni qiziqarli joylar bo'ylab aql bovar qilmaydigan sayohat, ajoyib personajlar, yuzlab turli xil fishka-plitkalar, yorqin grafika va yoqimli musiqa kutmoqda.



Siz bir ertakli joydan ikkinchisiga sayohat qilasiz, xotira va diqqatni rivojlantirish uchun oddiy, ammo hayajonli topshiriqlarni bosqichdan bosqichga bajarasiz.



Pao-Pao o'yini - bu birinchi soniyalardanoq o'yin jarayoniga butunlay sho'ng'ish orqali oson va zavq bilan aqlni band qilish va diqqatni jamlashni ajoyib usulidir.



Qanday o'ynash kerak:

- Bir xil tasvirli plitkalarni jufti bilan ulab ularni o'yin maydonidan olib tashlang.

- Avval tanlangan bitta plitka ustiga, keyin esa uning nusxasiga bosish orqali plitkalarni yig'ing.

- Ikkita bir xil rasmni chiziq bilan ulang, lekin esda tutingki, sizning chizig'ingizda maksimal ikkita burilish (ikkita burchak bilan) bo'lishi kerak. Agar burilishlar ko'proq bo'lsa, u holda siz plitkalarni ulay olmaysiz va maydondan olib tashlay olmaysiz.

- Taymerni kuzating - vaqt tugaganicha o'yin maydonini tozalashga ulguring.

- Bustlardan foydalaning - ular bosqichni tezroq o'tishingizga yordam beradi.

- Kundalik mukofotlarni olishni unutmang - bonuslar hech qachon ortiqcha bo'lmaydi.

- Har kuni sizda Omad G'ildiragini bepul aylantirish imkoniyati mavjud - omadingizni boy bermang.

- O'yin mavzularini o'zgartiring va maydonda o'zingiz tanlagan tasvirli fishkalarni yig'ing.

- Qo'shimcha topshiriqlarni bajaring va yangi bonuslarga ega bo'ling.

- Xotirangizni mashq qiling va hayajonli o'yindan zavqlaning.

- Har bir yangi lokatsiya ochilganda, ballar soni lokatsiyaning soniga ko'paytiriladi. Sarguzashtlar sari olg'a.

- O'yinda bitta sessiyada maksimal miqdorda ball to'plashga harakat qiling.

- Tanlovlarda ishtirok eting va eng yaxshi sovrinlar uchun kurashing!



O'yin xususiyatlari:

- Yorqin grafikalar;

- Yoqimli va taskin beruvchi musiqa;

- Turli xil tasvirlarga ega qiziqarli plitkalar;

- Ko'plab qiziqarli bosqichlar;

- O'yin maydonidagi plitkalarning "mavzusini" o'zgartirish imkoniyati;

- Ajoyib tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati;

- Offlayn rejimida oʻynash imkoniyati, ammo liderbordga ballar faqat onlayn-rejimida oʻynaganingizdagina qo’shiladi;

- Mutlaqo bepul o’yin;

- MUHIM! Toplangan ballar o'yin sessiyasi tugagandan keyingina liderbordga kiritiladi.



Eng hayajonli va yorqin boshqotirma o'yinini o'ynang va Pao-Pao bilan Chempionga aylaning!

Sviluppatore
Ludito
Data di aggiornamento
Ott 20, 2023
Data di pubblicazione
Giu 22, 2022
Prezzo
Gratis

Sviluppatore

Altri giochi di Ludito
Accettare i cookie di Skich su questo browser?

Skich utilizza cookie e tecnologie simili per fornire, migliorare, mantenere la sicurezza e analizzare i propri servizi. Cliccando su "Accetta tutto", acconsenti all'utilizzo dei nostri cookie e dei cookie di terze parti previsto dalla Politica sui cookie.