GamesBrick Breaker
Brick Breaker - Screenshot 1
Brick Breaker - Screenshot 2
Brick Breaker - Screenshot 3
Brick Breaker - Screenshot 4

Resumen del juego

Agar siz mantiqiy o'yinlar va boshqotirmalarni yoqtirsangiz, unda Brick Breakerni soatlab o'ynaysiz!

Brick Breaker - bu qorbo’ron, qishki manzara va birinchi daqiqalardanoq o'ziga jalb qiluvchi qiziqarli hamda yoqimli personajga ega bo’lgan, yorqin, qiziqarli va hayajonli otishma-o'yini!

Taskin beruvchi musiqa, yorqin, ammo ko’zni qamashtirmaydigan grafika, yechish uchun shoshqaloqlik va asab buzarchilikni talab qilmaydigan mantiqiy jumboqlar - bu o'yinda hordiq chiqarishga va diqqatni jamlashga yordam beruvchi hamma narsa mavjud.

O'yin qoidalari oddiy bo’lsa-da, har bir muvaffaqiyatli harakat bilan qiyinchilik darajasi asta-sekin o'sib boradi.

Osmondagi raqamlarga qor to'plarini oting va Boboga aravasini qor to'plari bilan to’ldirishda yordam bering!

Boshqa o'yinchilar bilan epchillik va mantiqda bellashing, umumiy liderbordda birinchi o'rinlarni egallang va birinchi darajali sovrinlarni qo'lga kiriting!

Qanday o'ynash kerak:
- Qanday otish kerak: tanlangan nishonni ustiga bosing va barmog’ingiz bilan pastga torting - qor to'pingiz uchib to'g'ri nishonga tegadi.
- Iloji boricha maqsadni yaxshiroq ko’zlang.
- Raqamlar ko’rsatilgan geometrik shakllar yerga yetib borishiga yo'l qo'ymang - unda Bobo yutqazadi va siz o'yinni boshidan boshlashingiz kerak bo'ladi.
- Bonuslarni to'plang va o'yinda ballaringizni ikki baravar oshiring.
- O'yinda bitta sessiyada maksimal miqdorda ball to'plashga harakat qiling.
- Musobaqalarda ishtirok eting va eng yaxshi sovrinlarni qo’lga kiritish uchun kurashing.
- MUHIM! Toplangan ballar o'yin sessiyasi tugagandan keyingina liderbordga kiritiladi.

O'yin xususiyatlari:
- Sharqiy koloritdagi qiziqarli grafika;
- Taskin beruvchi musiqa;
- Faqat mantiqiy jumboqlar bilan emas, balki chiroyli dizayni bilan ham o'ziga rom qiluvchi g'ayrioddiy boshqotirma;
- Qiziqarli tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati;
- Offlayn rejimida oʻynash imkoniyati, ammo liderbordga ballar faqat onlayn-rejimida oʻynaganingizdagina qo’shiladi;
- Mutlaqo bepul o’yin.

Brick Breaker bilan strategik fikrlash, e'tibor va zukkolikni charxlang!
Desarrollador
Ludito
Fecha de actualización
Ago 08, 2024
Fecha de lanzamiento
May 29, 2022
Precio
Gratis

Desarrollador

Más juegos de Ludito
Ludito - Game 1Ludito - Game 2Ludito - Game 3Ludito - Game 4
+3

Más como este

¿Aceptar las cookies de Skich en este navegador?

Skich usa cookies y otras tecnologías para proporcionar, mejorar, asegurar y analizar sus servicios. Al hacer clic en «Aceptar todas», accedes a que usemos nuestras cookies y las de terceros conforme a la Política de cookies.